Saliba: Hozir faqat dekabr ekanini tushunamiz

Saliba: Hozir faqat dekabr ekanini tushunamiz
«Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba jamoa ichidagi kayfiyat haqida fikr bildirdi. «Kayfiyatimiz yaxshi, ammo hozir faqat dekabr ekanini tushunamiz, futbolda esa hammasi juda tez o‘zgaradi.

Biz diqqatni jamlashimiz, o‘zimizga ishonishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak. Eng muhimi, mavsum oxirida sovrinlarni qo‘limizda ushlab turishimiz», — deya fransuz futbolchining so‘zlarini Goal keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» APLda Rojdestvo arafasidagi yetakchi hisoblanadi. Klub birinchi o‘rinda bormoqda, biroq ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan ustunligi atigi ikki ochkoni tashkil etadi.

Ketma-ket o‘nta g‘alabadan so‘ng uchinchi o‘rinda borayotgan «Aston Villa» ham yaqinlashib kelmoqda. Shanba kuni, 27 dekabrda «Arsenal» APL o‘rtamiyonasi — «Brayton»ni o‘z maydonida qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.