Marsel Karaskal transferi uchun 20 million yevro taklif qildi

«Marsel» «Flamengo» yarim himoyachisi Xorxe Karaskalni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Globo xabariga ko‘ra, provansliklar kolumbiyalik futbolchini 20 million yevroga transfer qilish bo‘yicha taklif yuborgan.
Braziliya klubi esa bu taklifni rad etdi, chunki yaqin vaqt ichida tarkibga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmayapti. Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Xorxe Karaskal CSKA va Moskvaning «Dinamo» jamoalarida to‘p surgan.
Joriy yil yozida «oq-ko‘klar» yarim himoyachini 12,5 million yevro evaziga «Flamengo»ga sotdi, futbolchi esa braziliyaliklar bilan 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Karaskal «Flamengo» safida 24 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Braziliya klubi esa bu taklifni rad etdi, chunki yaqin vaqt ichida tarkibga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmayapti. Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Xorxe Karaskal CSKA va Moskvaning «Dinamo» jamoalarida to‘p surgan.
Joriy yil yozida «oq-ko‘klar» yarim himoyachini 12,5 million yevro evaziga «Flamengo»ga sotdi, futbolchi esa braziliyaliklar bilan 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Karaskal «Flamengo» safida 24 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













