Ponomaryov Safonovning o'yinini alohida ta'kidlaganini aytdi

Ponomaryov Safonovning o'yinini alohida ta'kidlaganini aytdi
Sobiq SSSR terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubi himoyachisi Vladimir Ponomaryov 2025 yilda Rossiya futbolida eng yodda qolgan voqealarni tilga oldi. Ular orasida darvozabon Matvey Safonovning fransuzning "PSJ" klubi bilan erishgan so'nggi muvaffaqiyatlari ham bor.

"To'rtta 11 metrlik zarbani qaytarish — noyob hodisa. U yaxshi o'ynayapti, o'ziga ishonch bilan harakat qilayapti, jamoasiga yordam beryapti.

Rossiya klublariga kelsak, CSKAning Rossiya Kubogi va Superkubogidagi g'alabalari yodda qoldi", — deya Ponomaryovning so'zlarini "Gazeta.ru" keltiradi. Safonovning seyvlaridan so'ng "PSJ" braziliyalik "Flamengo"ni mag'lub etdi va FIFAning Qit'alararo kubogini qo'lga kiritdi.

Ushbu o'yindan keyin darvozabon jarohat sabab safdan chiqdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.