Dorgu "Manchester Yunayted"dagi ilk golidan keyin gapirdi

Dorgu "Manchester Yunayted"dagi ilk golidan keyin gapirdi
"Manchester Yunayted"ning chap qanot himoyachisi Patrik Dorgu jamoa safidagi ilk golidan so‘ng intervyu berdi. Daniyalik futbolchi APLning "Nyukasl"ga qarshi o‘yinida 24-daqiqada gol urdi.

21 yoshli futbolchining bu goli uchrashuvdagi yagona gol bo‘lib qoldi — 1:0. "Yaxshi zarba bo‘ldi.

Bunday ura olishimni bilmasdim. O‘z stadionimizda ilk golimni urganimdan juda xursandman.

Amorimning maslahatiga quloq soldim — u mendan o‘zimga ishonchliroq harakat qilishni so‘ragandi. O‘ylaymanki, bugun yaxshi o‘ynadim.

Men shunchaki to‘pning uchishini kuzatdim va zarba berishga qaror qildim. Mashg‘ulotlar yordam berdi — men aynan shu ustida ishlagandim", — dedi Dorgu Sky Sports’ga bergan intervyusida.

"Manchester Yunayted" 18 turdan keyin 29 ochko bilan APL jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.