Barselona Hamza Abdelkarim uchun taklifini yaxshiladi

Barselona Hamza Abdelkarim uchun taklifini yaxshiladi
«Barselona» «Al-Ahli» hujumchisi Hamza Abdelkarim bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. O‘tgan hafta xabar qilinganidek, Misr klubi La Liga grandi 17 yoshli futbolchi uchun yuborgan ilk taklifni rad etgandi.

Mundo Deportivo Misr OAVlariga tayanib yozishicha, endi «Barselona» yaxshilangan taklif bilan chiqdi — 1,8 mln yevro o‘rniga 2 mln yevro. Mish-mishlarga ko‘ra, «Al-Ahli» taxminan 5 mln yevro so‘ramoqda.

Hamza Abdelkarim Afrika qit’asining eng sovrindor klubi asosiy jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazgan. Misr o‘smirlar terma jamoasida esa istiqbolli hujumchi 19 uchrashuvda 12 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.