«Yuventus» Vlahovich bilan muzokarani bir shartda boshlaydi

«Yuventus» Vlahovich bilan muzokarani bir shartda boshlaydi
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovichning amaldagi shartnomasi yarim yildan so‘ng yakunlanadi. «Qari sinyora» rahbariyati yanvar oyida serbiyalik futbolchi bilan bitimni uzaytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmayapti — muzokaralar yozga qoldirilgan.

Sky Sport xabariga ko‘ra, agar futbolchi sog‘lom bo‘lib, optimal sport formasida bo‘lganida, u Luchano Spalletti qo‘l ostida muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lardi. Klub futbolchi maosh bo‘yicha talablarini sezilarli darajada pasaytirsa, u bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Aks holda, Vlahovich iyul oyida erkin agentga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, hozirda Dushan Vlahovich jarohatdan tiklanmoqda.

25 yoshli futbolchining safga qaytishi bahorning boshiga rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.