Ispaniyadagi havaskor klub Vinisiusni o'z safiga chorlamoqda

Ispaniyada braziliyalik hujumchi Vinisiusni hamma ham birdek yoqtirmaydi, degan gaplar yuradi. Bunga uning maydondagi bahsli epizodlar bo\'yicha tez-tez e\'tiroz bildirishi sabab qilib ko\'rsatiladi. Biroq bu fikr hamma joyda ham to\'g\'ri emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda havaskor darajada ishtirok etuvchi «Banyesa» klubi rahbariyati futbolchini ochiq qo\'llab-quvvatladi va hatto muxlislariga uni klubga taklif qilish niyati borligini aytdi.
Klub prezidenti Gonsalo Prieto Rojdestvo bayrami tadbirida yig\'ilganlar oldida hazilomuz ohangda: «Agar vaziyat yoqmayotgan bo\'lsa, biznikiga o\'t», dedi. Bu gap yig\'ilganlar, jumladan futbolchilar va mahalliy aholining kulgusiga sabab bo\'ldi.
Eslatib o\'tamiz, Vinisius 2019 yildan beri Madridning «Real» jamoasida o\'ynaydi. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta gol urishga ulgurgan.













