Vyerining fikricha dunyodagi eng kuchli liga Seriya A hisoblanadi

Vyerining fikricha dunyodagi eng kuchli liga Seriya A hisoblanadi

«Milan»ning sobiq hujumchisi Kristian Vyeri Italiyaning Seriya A chempionatini bugungi kunda futbol olamidagi eng nufuzli va kuchli liga sifatida e’tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Italiya chempionatida doimiy intriga bor: sovrin uchun bir emas, bir nechta asosiy da’vogarlar bir paytning o‘zida kurash olib boradi.

«Har bir o‘yin — jang. Seriya A Yevropadagi eng yoqimli chempionat. Peshqadamlar tez-tez almashadi, baribir biz to‘rt klub o‘rtasidagi kurashdan zavq olamiz», — dedi Vyeri La Gazzetta dello Sport nashriga.

Hozirda turnir jadvalida «Inter» peshqadam: 15 turdan so‘ng milanliklar 33 ochko to‘plagan. «Neradzzurri»dan keyin «Milan» (32), «Napoli» (31), «Roma» (30) va «Yuventus» (29) joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.