Grishin Atalanta va Inter o‘yiniga o‘z prognozini bildirdi

CSKAning sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin A Seriyaning 17-turida bo‘lib o‘tadigan «Atalanta» — «Inter» uchrashuvi bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis «Atalanta» hozir qayta qurilayotganini va avvalgidan ko‘ra hujumkorroq futbol namoyish etayotganini ta’kidladi. Grishin «Matc TV» efirida bu bahsda har ikkala jamoa ham gol urishini kutayotganini aytdi, shuningdek «Inter»ni aniq favorit sifatida ko‘rsatdi.
«Atalanta» va «neradzurrilar» to‘qnashuvi 28 dekabr, yakshanba kuni Bergamodagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi holatga ko‘ra, Milan klubi 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, bergamoliklar esa 22 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













