Ronaldu 40 yoshida ham futbolni tark etmayapti

Ronaldu 40 yoshida ham futbolni tark etmayapti

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 40 yoshida ham maydonga tushishda davom etayotganiga izoh berdi. Portugaliyalik yulduzning ta'kidlashicha, u hanuz yuqori motivatsiyani saqlab qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ronaldu Globe Soccer Awards marosimida sahnadan turib, futbolni davom ettirish oson emasligini, biroq undagi ishtiyoq hammasidan ustunligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, u hali ham g'alaba qozonish, sovrinlar yutish va gollar urishni xohlaydi.

Ma'lumki, Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. Ushbu mukofot unga ketma-ket uchinchi yil topshirildi.

40 yoshli futbolchi joriy kalendar yilida 40 ta gol urishga ham ulgurgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.