Semanyo agentlari transferni yakunlash uchun Manchesterga keladi

Semanyo agentlari transferni yakunlash uchun Manchesterga keladi

“Bornmut”ning hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semanyo “Manchester Siti”ga o‘tishga juda yaqin. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining agentlari bugun, 29 dekabr kuni Manchesterga yetib borib, muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazadi. 25 yoshli g‘analik vingerning taxminiy transfer bahosi 65 million yevroga teng. Semanyoning “Bornmut” bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida afrikalik futbolchi 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.