Rossiya murabbiyi MYU vingeri chaqiruvi haqida fikr bildirdi

Rossiya terma jamoasi murabbiylaridan Nikolay Pisaryov «Manchester Yunayted» akademiyasida to‘p surayotgan 17 yoshli vinger Amir Ibragimovni milliy jamoaga chaqirish ehtimoli yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, hozircha bu mavzuni erta ko‘tarish kerak: futbolchi hali Angliyada o‘ynamoqda, biroq keyinchalik qarorini o‘zgartirishi ham mumkin. Pisaryov, shuningdek, yosh omili sabab yaqin kelajakda uni rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushirish qiyin bo‘lishini ta’kidladi.
Joriy mavsumda Ibragimov barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 12 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. U hozircha «Manchester Yunayted» asosiy jamoasida debyut qilmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













