Isko o'ng oyog'idan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi

Isko o'ng oyog'idan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi

33 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Isko, huquqlari sevilyalik «Betis»ga tegishli bo'lgan futbolchi, o'ng oyog'idan operatsiya qilindi. Klub hozircha uning tiklanish muddati bo'yicha aniq ma'lumot bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Isko «Betis» safga 2023 yil yozida kelib qo'shilgandi. Yarim himoyachi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2027/2028 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Joriy mavsumning birinchi yarmida futbolchi atigi ikki uchrashuvda maydonga tushdi va golli harakatlar bilan ajralib chiqmadi.

La Ligada 17 turdan so'ng «Betis» 28 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.