Igor Korneev Rimning Roma jamoasi 4-5 o'rinda qoladi dedi

Igor Korneev Rimning Roma jamoasi 4-5 o'rinda qoladi dedi

Rossiya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Igor Korneev A Seriyadagi joriy mavsum yakunida «Roma» qaysi pog'onani egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis «Match TV» efirida rimliklar chempionatni to'rtinchi yoki beshinchi o'rinda yakunlaydi, degan taxminini aytdi.

A Seriyaning 17-turida «Roma» o'z maydonida «Jenoa»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Hozirda rim klubi 33 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Keyingi turda «Roma» safarda «Atalanta»ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.