Pyanich Yuventusning jadvaldagi ko'tarilishidan hayratlanmadi

Pyanich Yuventusning jadvaldagi ko'tarilishidan hayratlanmadi

"Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich Turin klubining Luichano Spalletti qo'l ostidagi natijalari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pyanichning aytishicha, jamoaning turnir jadvalida yuqorilashi uni ajablantirmagan. U Spalletti kelishi bilan bunday o'sishni kutganini ta'kidladi: tajribali murabbiy yuqori darajada natija kafolati bo'lib, u bilan tenglasha oladiganlar ko'p emas.

Spalletti joriy yil oktyabr oyi oxirida "Yuventus"ni qabul qilib olgan. A Seriyada 17 turdan so'ng turinliklar 32 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda, peshqadamdan ortda qolish esa atigi to'rt ochkoni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.