Yuventus Real hujumchisi Gonsalo Garsiyaga qiziqish bildirdi

Yuventus Real hujumchisi Gonsalo Garsiyaga qiziqish bildirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya «Yuventus»ning e’tibor markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida kamdan-kam ko‘rinish beradi, biroq transfer bozorida unga bo‘lgan qiziqish pasaygani yo‘q. Insayder Janluka di Marsio xabariga ko‘ra, ispaniyalik forvardga navbatdagi da’vogar sifatida aynan Turin klubi qo‘shildi. Manbaga ko‘ra, «byankonerilar» rahbariyati Garsiyani jamoada ko‘rishni juda istamoqda.

Transfermarkt portali Gonsalo Garsiyaning narxini 15 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xabi Alonso jamoasi safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, hozircha gol ura olmadi va bir marta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.