Gabriel APLda «Arsenal» himoyachilari rekordi tomon yaqinlashdi

Gabriel APLda «Arsenal» himoyachilari rekordi tomon yaqinlashdi

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos jamoa tarixidagi muhim natijaga yanada yaqinlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi «Aston Villa»ga qarshi bahsda gol urdi. Seshanba kuni o‘tgan uchrashuvda «kanonirlar» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu bilan Gabrielning APL doirasida «Arsenal» safidagi gollari soni 19 taga yetdi va u klub tarixida markaziy himoyachilar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rekord hamon fransuz Loran Koselniyga tegishli — 22 gol. Uchinchi pog‘onada Tomas Vermalen 13 gol bilan bormoqda.

Gabriel 2020 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qiladi. Joriy Angliya chempionati mavsumida 28 yoshli futbolchi 13 uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.