APL tarixida ilk bor murabbiy Yangi yilda ishdan olindi

2026 yilning 1 yanvar kuni \"Chelsi\" bosh murabbiy bilan xayrlashganini rasman e\'lon qildi: Enzo Mareska londonliklar jamoasidagi lavozimini tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta statistikachilari qayd etishicha, Mareska Angliya Premer-ligasi tarixida aynan Yangi yil kuni ishdan bo\'shatilgan ilk murabbiy bo\'ldi.
Eslatib o\'tamiz, APL 1992 yilda tashkil etilgan. Oradan o\'tgan 34 yil davomida 1 yanvar sanasida biror murabbiy bilan shartnoma bekor qilinmagan edi. Bu borada \"Chelsi\" birinchi bo\'lib tarixga kirdi.
O\'tgan yil yakunida \"Bornmut\"ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan so\'ng \"Chelsi\" muxlislari jamoani hushtakbozlik bilan kuzatib qo\'ygandi. Hozir \"aristokratlar\" Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o\'rinda bormoqda.













