Atletiko hujumchisi Romaga ko'chishga juda yaqin turibdi

Atletiko hujumchisi Romaga ko'chishga juda yaqin turibdi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Джакомо Распадори Italiyaga qaytishga bir qadam qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «Roma» 25 yoshli futbolchi bo'yicha «matraschilar»ga takomillashtirilgan taklif yubordi va tomonlar deyarli to'liq kelishuvga yaqin. Gap keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijara variantida ketmoqda. Hozir rimliklar hujumchining o'zi bilan shartnoma tafsilotlarini kelishib olishga urinmoqda.

Распадори «Atletiko» safiga yaqindagina — 2025 yil avgustida kelib qo'shilgandi. Ispaniyaga yo'l olishidan avval u «Napoli» sharafini himoya qilgan.

Italiyalik futbolchi Diego Simeone jamoasi tarkibida 14 o'yinda 2 gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.