Galatasaray Napoli yarim himoyachisi Noa Langga ko'z tikdi

Niderlandiyalik yarim himoyachi Noa Lang A Seriyadan Turkiya Superligasiga ko\'chib o\'tishi mumkin. Il Mattino xabariga ko\'ra, futbolchini o\'z safiga qo\'shib olish niyatida bo\'lgan klub — Istanbulning Galatasaray jamoasi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Napoli bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini qo\'yib yuborishga shart qo\'ydi: Lang ketadigan bo\'lsa, uning o\'rnini bosadigan munosib o\'yinchi jamoaga olib kelinishi kerak. Eslatib o\'tamiz, Lang Napoli safiga o\'tgan yozda qo\'shilgan edi.
Napoli amaldagi Italiya chempioni hisoblanadi. Biroq hozirda jamoa A Seriya turnir jadvalida uchinchi o\'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













