Salahning Saudiya yoʻnalishi hozircha ortga surildi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Salah yaqin vaqt ichida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi ehtimoli past. Dekabr oyida matbuotda misrlik yulduzning Yevropani tark etishi haqida navbatdagi mish-mishlar tarqalgan, bunga klub ichidagi kelishmovchiliklar va bosh murabbiy Arne Slot bilan munosabatlar sovuqlashgani sabab sifatida ko‘rsatilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The i Paper xabariga ko‘ra, Salahning Slot bilan aloqalari yaxshilangach, Saudiya chempionati vakillari ham qishki transfer oynasida futbolchini ko‘ndira olishlariga ishonmayapti. Yanvar oyidagi kelishuv deyarli istisno etiladi — muzokaralar, katta ehtimol bilan, yozga qoldiriladi.
Ma’lumki, Muhammad Salahning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining hozirgi transfer qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













