Mbappe «Real» bilan «Atletiko»ga qarshi o'yinga uchadi

Mbappe «Real» bilan «Atletiko»ga qarshi o'yinga uchadi

8-yanvar kuni «Real» va «Atletiko» Ispaniya Superkubogi yarim finalida to'qnash keladi. Jurnalist Xose Luis Sanches xabariga ko'ra, hozir jarohat olgan hujumchi Kilian Mbappe jamoa bilan birga Superkubok uchrashuvlari o'tkaziladigan Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, fransuz futbolchisining Madrid derbisida maydonga tushishi ehtimoli juda past: u, katta ehtimol bilan, hatto zaxiradan ham o'yinga qo'shilmaydi.

Ikkinchi yarim final 7-yanvar kuni «Barselona» va «Atletik» Bilbao o'rtasida bo'lib o'tadi. Final esa 11-yanvarga belgilangan.

Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 24 uchrashuvda 29 ta gol urishga ulgurdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.