Yuventus Kefren Tyuram bilan yangi shartnoma muhokamasini boshlaydi

Yuventus Kefren Tyuram bilan yangi shartnoma muhokamasini boshlaydi

Turinlik «Yuventus» yarim himoyachi Kefren Tyuram bilan shartnomani uzaytirish masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

24 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2029 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa-da, klub rahbariyati fransuz futbolchining o'yinidan mamnun va u bilan yangi bitim tuzishni istamoqda. Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, muzokaralar yaqin haftalarda o'tkaziladi.

Manbaga ko'ra, Tyuramga shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish va maoshini oshirish taklif qilinadi.

Kefren Tyuram «Yuventus»ga 2024 yil yozida «Nissa»dan kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda «byankoneri» safida 20 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.