Xavi: «Barselona» «PSJ»ga yirik hisobda yutqazganiga jiddiy qaramaslik lozim. Axir bu futbol

Xavi: «Barselona» «PSJ»ga yirik hisobda yutqazganiga jiddiy qaramaslik lozim. Axir bu futbol
Xavi: «Barselona» «PSJ»ga yirik hisobda yutqazganiga jiddiy qaramaslik lozim. Axir bu futbol

\"Barselona\" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes kataloniyaliklar Chempionlar ligasida \"PSJ\"dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganiga jiddiy qaramasligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, \"Barselona\" safarda \"PSJ\"dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

\"Albatta men biroz xafa bo‘ldim, bunaqasini kutmagandim. \"PSJ\"ga qarshi kechgan o‘yin natijasi meni juda hayron qoldirdi.

Ammo shuni ham aytish lozim, \"PSJ\" bemisl darajada yaxshi o‘yin namoyish qildi. Bu shubhasiz ularning tarixidagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham bunga jiddiy qaramaslik lozim, axir bu futbol. Ba’zan raqib sendan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaydi\", - deydi Xavi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.