Romano Rodrigoga qiziqqan ikki grand klubni aytdi

Romano Rodrigoga qiziqqan ikki grand klubni aytdi

Transferlar bozoridagi insayder Fabritsio Romano Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo atrofidagi qiziqishlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchining “qirollik” klubidan ketishi haqidagi gap-so‘zlar uzoq vaqtdan beri yangraydi. Romano yanvarda Rodrigo sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, biroq unga nisbatan real qiziqish bo‘lganini tasdiqladi.

Romano so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yozda PSJ Rodrigo vaziyatini diqqat bilan kuzatgan — u klub uchun Barcola o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilgan. Shuningdek, “Manchester Siti” ham jiddiy qiziqish bildirgan: Savio bilan xayrlashish ehtimoli paydo bo‘lsa, Rodrigo varianti ko‘rib chiqilgan.

24 yoshli “Real” futbolchisining Transfermarkt’dagi bahosi 60 million yevroga teng.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.