Andronov Man Siti va Chelsi o'yiniga taxmin bildirdi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” o\'z maydonida Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv haqida futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o\'z fikrlarini aytib o\'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Andronovning ta\'kidlashicha, o\'yinda gollar bo\'lishi kutiladi: “Siti” favorit, biroq “Chelsi” kuchli raqiblarga qarshi ham qarshi hujumlar orqali xavfli vaziyatlar yaratishni biladi. U “ikkala jamoa ham gol uradi va total 2,5 dan yuqori” variantini tanladi.
“Manchester Siti” – “Chelsi” bahsi 4-yanvar, yakshanba kuni “Etihad” stadionida bo\'lib o\'tadi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Turnir jadvalida mezbonlar uchinchi o\'rinda, mehmonlar esa beshinchi pog\'onada bormoqda.













