Napoli yetakchisi David Neres jarohat olib, almashtirildi

So‘nggi haftalarda «Napoli»ning asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib kelayotgan braziliyalik David Neres noqulay vaqtda jarohat oldi. Jahon chempionati arafasida milliy jamoaga chaqirilishga umid qilayotgan futbolchi Rimning «Latsio»ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida shikastlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jarohatdan so‘ng Neres zudlik bilan o‘yinini davom ettira olmadi va murabbiylar shtabi majburan almashtirishga qo‘l urdi. U maydonni «Napoli» tibbiyot xodimlari kuzatuvida tark etdi, jarohatning qanchalik jiddiy ekani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Neres avval Amsterdamning «Ayaks» va Lissabonning «Benfika» klublarida to‘p surgan. U «Napoli» safiga 2024 yil yozida kelib qo‘shilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













