«Lids»-«Manchester Yunayted» o‘yinida durang: MY yana muammoga duch kelyapti

«Lids»-«Manchester Yunayted» o‘yinida durang: MY yana muammoga duch kelyapti

Angliya Premer-Ligasining 20-turida «Manchester Yunayted» safarda «Lids»ga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Dastlab mezbonlar safida Aaronson 62-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ortidan 3 daqiqa o‘tib, Kunya hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» 31 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Lids» esa 22 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.

APL 20-tur

Lids — Manchester Yunayted 1:1

Gollar: Aaronson 62 – Kunya 65

Lids: Perri, Streyk, Yaka Biyol, Bornau, Gudmundsson, Aaronson (Piroye, 87), Stax, Jastin, Gruyev (Tanaka, 80), Kalvert-Lyuin, Okafor (Nmecha, 75)

Manchester Yunayted: Lammens, Martines, Yoro (Zirkzee, 63), Xeven, Dalot, Kunya, Dorgu, Kazemiro, Shou, Ugarte, Sheshko.

Manchester Yunayted uchun so‘nggi 5 o‘yinda atigi bir g‘alaba qayd etildi, shuningdek oxirgi 11 uchrashuvda 3 g‘alaba, 6 durang va 2 mag‘lubiyat bor. Jamoa natijalarda barqarorlikka erisholmayapti, bu esa klub atrofidagi bosimni yanada kuchaytirmoqda. Mankuniyanliklar o‘zlarining o‘yinlarini o‘zgartirishga muhtoj.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.