Husanov «Chelsi»ga qarshi yaxshi o‘ynadi, uning o‘yini qanday baholandi?

Husanov «Chelsi»ga qarshi yaxshi o‘ynadi, uning o‘yini qanday baholandi?

«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 20-turida «Chelsi» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 50-daqiqasida hamyurtimiz Abduqodir Husanov jarohat olgan Yoshko Gvardiol o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va qisqa vaqt ichida o‘yinga “shovqin” qo‘shdi: himoyada qattiqlik, epizodlarda vazminlik.

O‘yindan keyin bir nechta statistik portallar Husanovning harakatlarini turlicha baholadi:

  • FotMob — 6,6 ball
  • SofaScore — 6,4 ball
  • Flashscore — 6,7 ball

Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» navbatdagi uchrashuvini 7-yanvar kuni «Brayton»ga qarshi o‘tkazadi. Gvardiol va Ruben Diash bilan bog‘liq jarohat muammolari sabab, Husanovning maydonga tushish ehtimoli yanada yuqori bo‘lishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.