Runi Rosenerni hamkorlik qilgan eng zo'r murabbiylardan biri dedi

Runi Rosenerni hamkorlik qilgan eng zo'r murabbiylardan biri dedi

Angliya futboli afsonalaridan biri Ueyn Runi «Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rosener haqida iliq fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Runi ingliz mutaxassisi bilan «Derbi Kaunti»da birga ishlagan. Hozirda esa Rosener avvalroq ishdan olingan Entso Mareska o\'rniga «Chelsi»ni qabul qilib olishi mumkinligi haqida gaplar kuchaygan.

«Men Liamni faoliyatim davomida birga ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biri, deb bilaman. U mayda detallarigacha e\'tibor beradi, har kungi ish jarayoni va yondashuvi juda yuqori», — dedi Runi.

APLning 20-turidan so\'ng «Chelsi» 31 ochko jamg\'argan holda turnir jadvalida beshinchi o\'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.