Flik yanvarda hech bir futbolchi ketishni so'ramaganini aytdi

Flik yanvarda hech bir futbolchi ketishni so'ramaganini aytdi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa futbolchilaridan qishki transfer oynasida ketish bo'yicha iltimos bo'lgan-bo'lmagani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida undan “Yanvarda kimdir jamoani tark etishni so'radimi?” deb so'ralganda, murabbiy qat'iy javob qaytardi: “Yanvarda birorta o'yinchi ham ketishni so'ramadi”.

Hozir “Barselona” Ispaniya Superkubogi yarim finalida Bilbao “Atletik”iga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'yin chorshanba, 7-yanvar kuni bo'lib o'tadi va boshlanishi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan).

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim final juftligini esa “Real” va “Atletiko” jamoalari tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.