Manchester Siti Gvardiola davrida kamyob duranglar seriyasini qayd etdi

Manchester Siti Gvardiola davrida kamyob duranglar seriyasini qayd etdi

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini durang bilan yakunladi: bu safar “Brayton” bilan bahs 1:1 hisobida tugadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Shaharliklar” birinchi bo‘lim oxirida Erling Holandning goli evaziga hisobni ochdi. Biroq 60-daqiqada Kaoru Mitoma aniq zarba bilan “chaykalar”ni qutqarib qoldi.

Shu tariqa Xosep Gvardiola jamoasi chempionatdagi uchinchi o‘yinni ketma-ket durangga keltirdi. Squawka qayd etishicha, bu holat ispaniyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatida bor-yo‘g‘i uchinchi marta kuzatilmoqda. Avval bunday seriya 2017 yil aprelida va 2023 yil dekabrida ro‘y bergan.

Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. U Angliyaga kelishidan avval “Barselona” va “Bavariya”da ishlagan. Hozirgi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.