Simeone Superkubokdagi Madrid derbisi oldidan fikr bildirdi

Simeone Superkubokdagi Madrid derbisi oldidan fikr bildirdi

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Real»ga qarshi o‘yin arafasida jamoasining kayfiyati va yondashuvi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, har bir uchrashuv alohida voqea: avvalgi o‘yinlar ertangi bahsga ta’sir qilmaydi. Simeone «Atletiko» turnirdagi kurashni davom ettirish uchun maydonga maksimal darajada to‘g‘ri va tartibli chiqishi kerakligini qayd etdi.

«Atletiko» — «Real» uchrashuvi 8-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu juftlik g‘olibi finalda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.