Nyukasl APL tarixidagi eng kechgi g'alaba golini urdi

Nyukasl APL tarixidagi eng kechgi g'alaba golini urdi

Angliya chempionatining 21-turida «Nyukasl» «Lids»ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi hal qiluvchi golni Harvi Barns 102-daqiqada kiritdi — hakam standart vaqtga juda katta qo'shimcha daqiqalar qo'shdi. Gol paytida taymer 101:48 ni ko'rsatgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu gol so'nggi yigirma yil davomida yuritilgan batafsil statistikaga ko'ra APL tarixidagi eng kech urilgan g'alaba goli sifatida qayd etildi. Avvalgi yillarda o'yinlarga ancha kam vaqt qo'shilgani inobatga olinsa, Angliya oliy ligasida bundan ham kechroq gol urilgani ehtimoli juda past.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.