Liverpul Soboslai bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga yaqin

Liverpul Soboslai bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga yaqin

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai klub bilan yangi shartnoma masalasida ijobiy yakunga yaqin turibdi. Indykaila News xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvning asosiy shartlari bo‘yicha prinsipial kelishib olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Venger futbolchiga «Bavariya» va Madridning «Real» klublari ham qiziqish bildirgan, biroq Soboslai mersisaydliklar safida faoliyatini davom ettirishni tanlagan.

25 yoshli futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda «qizillar» safida 27 o‘yinda maydonga tushib, 5 tadan gol va assist qayd etgan. Soboslai zarurat bo‘lsa, himoyaning o‘ng qanotida ham o‘ynay oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.