Manchester Yunayted bosh murabbiylikka Luis Enrikeni ko'zlamoqda

Manchester Yunayted bosh murabbiylikka Luis Enrikeni ko'zlamoqda

«Manchester Yunayted» Ruben Amorim bilan xayrlashganidan so'ng jamoaga yangi bosh murabbiy topish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik mutaxassis dushanba kuni lavozimini tark etdi. Manbalarga ko'ra, mavsum yakunigacha jamoani vaqtinchalik murabbiy boshqaradi, yozda esa klub doimiy bosh murabbiyni tayinlamoqchi.

Angliya OAV xabarlariga qaraganda, «qizil iblislar»ning e'tibori hozir «PSJ» ustozi Luis Enrikega qaratilgan. So'nggi paytlarda ispaniyalik murabbiyning Parijdan ketishi mumkinligi haqida gaplar ko'paygan, biroq fransuz klubi bu mish-mishlarni rad etgan.

Luis Enrikening «PSJ» bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. U Parij klubida 2023 yil yozidan buyon ishlab kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.