Kivu Kontega hurmatini bildirdi va bahsni rad etdi

Kivu Kontega hurmatini bildirdi va bahsni rad etdi

Italiya A Seriyasida 20-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Turning eng muhim o‘yini yakshanba kuni “Napoli” va “Inter” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Inter” bosh murabbiyi Kristian Kivu murabbiylik faoliyatini yaqinda boshlagan bo‘lsa, “Napoli”ni boshqarayotgan Antonio Konte bu kasbda 15 yildan ortiq tajribaga ega. Kivu raqibi haqida iliq fikr bildirdi.

“Men Antonio Konteni juda hurmat qilaman. U doimo o‘z ustida ishlaydigan, rivojlanib boradigan g‘olib murabbiy. Bizning o‘rtamizda qarama-qarshilik yo‘q, bu shaxsiy duel emas. Hammasi maydondagi futbolchilarga bog‘liq”, — deya Kivuning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte 2024 yildan beri neapolliklar bilan ishlamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.