Tottenhem Angliya Kubogida 2013/14dan beri ilk bor erta to'xtadi

Londonning “Tottenhem” klubi Tomas Frank boshchiligida navbatdagi omadsizlikka uchradi: “Aston Villa”ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, Angliya Kubogi musobaqasini tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin ma'lum bo'lishicha, “shporlar” Angliya Kubogida bu qadar erta — to'rtinchi raundgacha yetib bormasdan — so'nggi bor 2013/2014 mavsumida to'xtagan edi.
Jamoaning Premer-ligadagi holati ham ko'ngildagidek emas: klub turnir jadvalining quyi qismida qolib ketgan va hozircha 14-o'rinda bormoqda.
“Tottenhem” Angliya Kubogini oxirgi marta 1991 yilda yutgan. Umuman olganda, londonliklar bu sovrinni sakkiz bor qo'lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













