Yuventus Vlahovich o'rniga Matetani ko'z ostiga oldi

Yuventus Vlahovich o'rniga Matetani ko'z ostiga oldi

"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta Angliya Premer-ligasini tark etib, Italiya A Seriyasiga yo'l olishi mumkin. Tuttosport xabariga ko'ra, 28 yoshli fransuz forvardi Turin klubi radariga tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" rahbariyati Matetani transfer qilish uchun 20–25 million yevro ajratishga tayyor. U jamoada serbiyalik Dushan Vlahovichning ehtimoliy o'rnini bosishi mumkin, chunki hujumchini yaqin kelajakda sotish varianti ham ko'rib chiqilmoqda.

Joriy mavsum APLda Mateta 21 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Uning "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.