Al-Ittihod Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Al-Ittihod Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi hujumchi Karim Benzemani jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub fransuz futbolchisiga 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi bitimni taklif qilgan. Tomonlar hozircha kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.

Benzema 2023 yilda Madridning «Real» klubidan «Al-Ittihod» safiga erkin agent sifatida o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha kuchda. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.