Xabi Alonso El Klasikodagi maglubiyatdan so'ng Superkubokni qadrsiz dedi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi klub uchun asosiy maqsadlardan biri emasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan finalda «qaymoqranglilar» «Barselona»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kataloniyaliklar g'alabasini 73-daqiqada Rafinya Dias urgan gol hal qildi.
Alonsoning ta'kidlashicha, jamoa bu natijani tezroq ortda qoldirishi kerak: «Yutqazdik, lekin Superkubok — barcha sovrinlar ichida eng kam ahamiyatlisi», — deya murabbiyning so'zlarini ispan OAVga tayanib «Gazeta.Ru» keltirdi.
Final oldidan ayrim manbalar «Barselona»ga qarshi o'yindagi omadsizlik Alonsoning lavozimiga ta'sir qilishi mumkinligini yozgandi. Mutaxassis «Real» boshqaruviga iyun oyida kelgan.













