Gexining narxi ma’lum bo‘ldi, grandlar navbatga turdi

Gexining narxi ma’lum bo‘ldi, grandlar navbatga turdi

«Kristal Pelas» yetakchilaridan biri Mark Gexi qishki transfer oynasidayoq jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. 25 yoshli futbolist markaziy himoyachi sifatida barqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Guardian xabariga ko‘ra, «burgutlar» o‘z yulduzini sotishdan 46 million yevro ishlab olmoqchi. Angliyalik himoyachiga «Liverpul», Londonning «Arsenal»i, Madridning «Real»i, Kataloniyaning «Barselona»si hamda «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu poygada «shaharliklar» hozircha asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy mavsum APLda Gexi 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.