Manchester Yunayted Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka ko'rib chiqmoqda

Manchester Yunayted Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka ko'rib chiqmoqda

“Manchester Yunayted” Ruben Amorim iste'foga chiqarilganidan keyin jamoaga yangi bosh murabbiy izlash jarayonini davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Indykaila News xabariga ko'ra, “qizil iblislar” sobiq “Real” murabbiyi Xabi Alonsoni taklif qilish variantini ham muhokama qilmoqda. Klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga u Madrid jamoasidagi lavozimini tark etganidan ko'p o'tmay e'tibor qaratgan. Biroq “MYU” rahbarlari Alonsoni Angliyaga kelib, jamoani qabul qilishga ko'ndirishlari kerak bo'ladi. Hozircha ispaniyalik murabbiy bu ishga tayyormi-yo'qmi, noma'lum.

Eslatib o'tamiz, 12-yanvar kuni “Real” Xabi Alonso bosh murabbiylikdan ketganini rasman ma'lum qildi. U “qirollik klubi”ni 2025-yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.