Rodri Manchester Siti bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

«Manchester Siti» yarim himoyachi Rodrini jamoada saqlab qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, «shaharliklar» yaqin oylar ichida ispaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Tomonlar yangi kelishuvga ochiq, rasmiy imzo esa joriy yil yozida qo'yilishi kutilmoqda.
Rodri 2019 yilda Madridning «Atletiko» klubidan «Manchester Siti»ga 70 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













