Nyukasl Botman bilan shartnomani tug'ilgan kunida uzaytirdi

«Nyukasl» klubi rasmiy saytida himoyachi Sven Botman bilan amaldagi kelishuv uzaytirilganini ma'lum qildi. E'lon futbolchi 32 yoshni qarshi olgan kunning o'zida berildi. Niderlandiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Botman «Nyukasl» safida 2022 yil yozidan beri to'p surmoqda — u o'shanda «Lill»dan transfer qilingan. Shu vaqt ichida himoyachi 93 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Ayni paytda «Nyukasl» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













