Mark Gexi Manchester Sitidagi ustunlikdan hayratda qoldi

Mark Gexi Manchester Sitidagi ustunlikdan hayratda qoldi

Himoyachi Mark Gexi yangi jamoasidan mamnun. Dushanba kuni 25 yoshli futbolchining «Kristal Pelas»dan «Manchester Siti»ga transferi rasman e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gexining aytishicha, «Manchester Siti»ning so‘nggi yillardagi natijalari klubning maydondagi mutlaq ustunligini yaqqol ko‘rsatadi. U «shaharliklar»ning bosib o‘tgan yo‘li va yanada o‘sishga bo‘lgan intilishi juda ta’sirli ekanini ta’kidladi hamda jamoaga yordam berib, o‘z hissasini qo‘shishni istashini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Mark Gexi «Manchester Siti» bilan 2030/2031 mavsumi yakunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi klubida 15-raqam ostida to‘p suradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.