Argentinalik Kilmess stadionni qayta qurish uchun muxlislarni chaqirdi

Argentinalik Kilmess stadionni qayta qurish uchun muxlislarni chaqirdi

1887 yilda tashkil topgan va Argentina futbolidagi eng qadimgi jamoalardan biri sanaladigan «Kilmess» hozirda og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati vaziyatdan chiqish uchun o'zining sodiq muxlislaridan yordam so'radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap odatdagi xayriya mablag'i yig'ish haqida emas. «Kilmess» stadionni qayta qurish ishlarida muxlislarni bevosita qatnashishga, ya'ni kelib jismoniy mehnat qilib, ta'mirlash va qayta jihozlash bo'yicha topshiriqlarni bajarishga taklif qildi.

Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlari bo'lishiga qaramay, muxlislar klub chaqirig'ini iliq qabul qildi va stadiondagi ishlarga ko'ngilli tarzda qo'shildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.