Shalimov Zaxaryanning Rossiyada ham asosiyga kirishi shubhali dedi

Shalimov Zaxaryanning Rossiyada ham asosiyga kirishi shubhali dedi

"Krasnodar"ning sobiq bosh murabbiyi Igor Shalimov "Real Sosyedad" yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniya OAVida chiqqan xabarlarga ko'ra, klub endi futbolchiga katta umid bog'lamayapti va yaqin orada u jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Shalimov "Match TV" efirida "Real Sosyedad" hozir Zaxaryan uchun yangi jamoa topishi qiyinligini, Yevropada ijaraga berish varianti ham hozircha aniq emasligini ta'kidladi. Ekspert futbolchi ketma-ket jarohatlar olayotgani, hatto Rossiyaga qaytsa ham boshlang'ich tarkibdan joy olib keta olishi kafolatlanmaganini aytdi.

Eslatib o'tamiz, rossiyalik futbolchi San-Sebastyan klubi safiga 2023 yil o'rtalarida uzoq muddatli shartnoma asosida qo'shilgan. Joriy mavsumda u 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.