Bonni gol urdi, ammo g'alaba undan ham yoqimli

Italiya A Seriyasining 22-turi milanlik «Inter»ning «Piza» ustidan yirik g'alabasi bilan boshlandi. Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa raqibini 6:2 hisobida taslim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi gollardan biriga Anj-Yoan Bonni mualliflik qildi. Hujumchi o'yindan keyingi suhbatda his-tuyg'ularini yashirmadi.
«Gol urish juda yoqimli, ammo g'alaba qozonish bundan ham yoqimli. Endi juda muhim uchrashuv oldidan yaxshilab dam olishimiz kerak», — deya Bonni so'zlarini fcinter1908.it keltirdi.
Bu natija «Inter»ning chempionat jadvalidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. Keyingi turda milanliklar «Kremoneze»ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













