Kilmess stadionni qayta qurish uchun muxlislardan yordam so'radi

Kilmess stadionni qayta qurish uchun muxlislardan yordam so'radi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmess» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini to'plagan. Biroq hozir klub moliyaviy va tashkiliy jihatdan qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu fon’da jamoa rahbariyati stadionni rekonstruksiya qilish rejasi bilan muxlislarga murojaat qildi. Qiziq tomoni, gap odatdagi xayriya yoki pul yig'ish haqida emas — muxlislar “eski usulda” stadionga kelib, qurilish-ta'mirlash ishlarida bevosita jismonan yordam berishga chaqirilgan.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, ko'plab muxlislar klub chaqirig'iga ijobiy javob berib, ishlarga ko'ngilli tarzda qo'shilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.